O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (MIB) musodara qilingan avtomobillarni onlayn kimoshdi savdosiga qo‘ydi, deya xabar bermoqda UzNews.
Savdoga qo‘yilgan lotlar orasida 2013 yilda ishlab chiqarilgan Captiva va 2008 yilda ishlab chiqarilgan Nexia 2 DOHC avtomobillari bor. Captiva’ning boshlang‘ich narxi 66 million so‘m, Nexia’niki esa 30 million.
MIB bundan avval ham musodara qilingan avtomobillarni kimoshdi savdosiga qo‘ygan edi. Xususan, gaz va elektr haqini o‘z vaqtida to‘lamaganlar va sud qarori ijrosi doirasida mol-mulki musodara qilinganlardan olib qo‘yilgan Spark 56 032 696 so‘mdan, Malibu esa 70 945 600 so‘mdan savdoga qo‘yilgan edi.