Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ispaniya La Ligasining 10-turida mamlakatning amaldagi chempioni “Real” mavsumdagi ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.

Foto: FotMob

Foto: FotMob

La Liga. Messi va Paulinyo “Barselona”ga 3 ochko olib berdi. “Atletiko” ochko yo‘qotdi, “Valensiya”da g‘alaba

“Qirollik klubi” liga debyutanti hisoblangan “Jirona” maydoniga safar etib, 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Shu kuni Zidan asosiy futbolchilar — Ronaldu, Benzema, Isko, Modrich, Kroos, Kazemiro, Marselo, Ramos, Asensio kabilarni maydonga tushirgan bo‘lsa-da, “Real” aqalli durangga erisha olmadi.

Madrid yetakchisi bunga qadar o‘z maydonida “Betis”dan yengilgan bo‘lsa (0:1), “Valensiya” (2:2) va “Levante” (1:1) klublari qarshiligini ham sindira olmagandi. Shu tariqa “Real” va “Barselona” o‘rtasidagi ochkolar farqi 10-turdan keyinoq 8 tani tashkil qilmoqda. Ernesto Valverde boshqaruvida “Barselona” mag‘lubiyat alamini totib ko‘rmagan: 9 ta g‘alaba va 1 ta durang.

Ispaniya La Ligasi 10-tur bellashuvlari 29-oktabr, yakshanba

“Xetafe” — “Real Sosyedad” 2:1

Gollar: Mikel Oyarsabal, 5 (0:1). Rodriges Anxel, 78 (1:1). Xorxe Molina, 84-pen (2:1).

“Jirona” — “Real Madrid” 2:1

Gollar: Isko, 12 (0:1). Kristian Stuani, 54 (1:1). Portu, 58 (2:1).

“Eybar” — “Levante” — 22:30“Malaga” — “Selta” — 00:45

30-oktabr, dushanba“Espanyol” — “Betis” — 01:00“Las-Palmas” — Deportivo” — 01:00

Foto: FotMob

Foto: FotMob

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston va Farg‘ona vodiysida suv ta’minotini yaxshilashga oid taqdimot bilan tanishdi (foto)
Madaniyat
Tomoshabinlar mehriga sazovor bo‘lgan eng go‘zal turk aktrisalari (foto)
Mahalliy
Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini e’lon qildi