Braziliyaning Goyaniya shahridagi o‘rta maktab o‘quvchilaridan biri 20-oktabr kuni otishma uyushtirdi. Bu haqda, Globo telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Otishmada kamida ikki kishi halok bo‘lgani bildirilmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, qurbonlar maktab o‘quvchilari edi. Yana besh kishi turli darajadagi jarohatlar oldi.
Jinoyatda gumondor — 13 yoshli o‘quvchi ushlanib, politsiya idorasiga yetkazildi. Uning ota-onasi harbiy politsiyada ishlashi aniqlandi. O‘smir qurolni ulardan o‘g‘irlagani taxmin qilinmoqda.
Izoh (0)