Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

“Tig‘ bo‘ylab yuguruvchi 2049” filmining anime janridagi qisqa metrajli so‘nggi prikveli chiqdi, deya xabar bermoqda TJournal. Uni “Animatritsa” epizodlaridan biri ustida ishlagan rejissor Sinitiro Vatanabe yaratdi.

Foto: The Verge

Foto: The Verge

Qisqa metrajli film “Tig‘ bo‘ylab yuguruvchi” olamida 2022-yilda yuz bergan “blekaut” haqida hikoya qiladi. Syujetga ko‘ra, replikantlar odamlarga qarshi isyon ko‘taradi va Los-Anjelesga elektromagnit bombani tashlaydi. Bu shaharda elektr toki o‘chib qolishiga va aqlli robotlar ishlab chiqarilishining taqiqlanishiga olib keladi, shuningdek, Tyrell korporatsiyasi faoliyatiga nuqta qo‘yadi. O‘n yildan so‘ng replikantlarni endi Wallace korporatsiyasida yana yaratishni boshlashadi, “Tig‘ bo‘ylab yuguruvchi 2049” filmida aynan u haqda gap boradi.

Bu birinchi “Tig‘ bo‘ylab yuguruvchi” va uning davomi o‘rtasidagi voqealar haqida gapirib beruvchi uchinchi va oxirgi qisqa metrajli filmdir. “Tig‘ bo‘ylab yuguruvchi 2049” kinoteatrlarda 6-oktabrdan namoyish etiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda to‘yda yo‘qolib qolgan 4 yoshli bolaning jasadi quduq ichidan topildi
Retseptlar
Pechda pishirilgan qovoq: mazali retseptlarni tayyorlab ko‘ring
Dunyo
Shimoliy Koreya bir haftada to‘rtinchi marta ballistik raketalarni uchirdi