Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalarini davlat daromadiga o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi, deb yozadi Norma.

Foto: Norma

Foto: Norma

20 va undan ko‘p yil foydalanilgan, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmati organlari tomonidan foydalanish uchun yaroqsiz deb topilgan avtomototransport vositalari haq to‘lash evaziga utilizatsiya tashkilotlariga yoki ikkilamchi xom ashyoni qayta ishlash tashkilotlariga (metall parchalari narxida) topshiriladi.

Bir vaqtning o‘zida, ushbu avtomototransport vositalarining davlat ro‘yxatiga olingan raqam belgilari va ro‘yxatga olingani to‘g‘risidagi guvohnomalarini belgilangan tartibda yo‘q qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmati organlariga topshirish haqida qaror qabul qilinadi

Utilizatsiyaga yoki ikkilamchi xom ashyoni qayta ishlash tashkilotlariga topshirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan avtomototransport vositalari davlat ijrochisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmati vakilining majburiy ishtirokida utilizatsiyaga yoxud ikkilamchi xom ashyoni qayta ishlash tashkilotlariga topshiriladi hamda qabul qilish-topshirish dalolatnomasida bu haqda tegishli yozuv qayd etiladi.

Davlat ijrochisi avtomototransport vositasini hisobdan chiqarish to‘g‘risida qaror chiqaradi va uni avtomototransport vositasi hisobga olingan joydagi Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmati organiga ijro etish uchun yuboradi. Bir vaqtning o‘zida Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmati organiga ushbu avtomototransport vositasining davlat ro‘yxatiga olingan raqam belgilari va ro‘yxatga olingani to‘g‘risidagi guvohnoma ham (mavjud bo‘lsa) topshiriladi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
G‘aniyev va Voitov klasterlarga past narxda paxta sotishni xohlamagan fermerlarga bosim o‘tkazilayotganini o‘rganadi
Mahalliy
“Ba’zi hokimlar, vazirlik rahbarlari o‘zlarini go‘yo xonlardek tutib, to‘rachilik kayfiyatiga berilib ketgan” — Sardor Umrzoqov
Mahalliy
“Ularni kim deb atash mumkin?” Sardor Umrzoqov maishatboz rahbarlarni tanqid qildi