Yangi iPhone X uskunasida paydo bo‘ladigan Face ID yuz tanish tizimi yaqin qarindoshlar, masalan, aka-uka va opa-singillar, egizaklar hamda 13 ga to‘lmagan bolalarning yuzi bilan ishlaganda samara bermasligi mumkin. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Bunday holatlarda tizim bloklanib qolishining oldini olish uchun Apple boshqa himoya vositalari, masalan, raqamli koddan foydalanishni tavsiya qildi.
Oldinroq Apple Face ID tizimi boshqa bunday tizimlardan ancha mukammalligini va milliondan bir holatda ish bermasligini ma’lum qilgan edi. Kompaniya vakillarining so‘zlariga qaraganda, uni fotosurat yoki niqob yordamida aldab bo‘lmaydi. Shuningdek, tizim foydalanuvchi soqol o‘stirsa, shlyapa kiysa yoki ko‘zoynak taqsa ham ishlashi kerak. Tizim telefon egasining suratlaridagi yuz orqali doimiy o‘rganib borishi orqali bunga erishiladi.
Izoh (0)