Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQShning Forbes jurnali saytida jurnalist Kennet Rapozaning O‘zbekistonga bag‘ishlangan maqolasi e’lon qilindi. Unda mamlakat “Yevroosiyodagi yangi iqtisodiy ko‘tarilish” deb atalgan, deya xabar beradi “Gazeta.uz”. 

Foto: “Gazeta.uz”

Foto: “Gazeta.uz”

“Bugun O‘zbekistonda keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatni dunyo uchun yanada ochiq bo‘lishiga qaratilgan harakatlarga qo‘l urmoqda. Mavjud salohiyatdan samarali foydalanish, xorijiy kapitalni jalb etish uchun mamlakat rahbariyati iqtisodiy soha va huquqiy tizimni modernizatsiya qilishga intilmoqda.

Bu urinishlar mintaqaning yirik davlati iqtisodiyotini uzil-kesil isloh qilishi va qo‘shnilari bilan aloqalarni hamkorlikning yangi bosqichiga olib chiqishiga umid tug‘dirmoqda”, — deya yozadi muallif. 

Maqolada ayrim ekspert va tahlilchilarning O‘zbekiston va uning yetakchisi haqidagi fikr-mulohazalari keltirilgan.

Jumladan, Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti qoshidagi Ipak yo‘li dasturi direktori Svante Kornell Prezident Shavkat Mirziyoyev qay tarzda tashqi siyosatni amalga oshirayotganidan hayratga tushganini bildirsa, Eurasia Group tahlilchisi Zaxari Vitlin Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi boshqa davlatlar bilan munosabatlarini bunchalik tez tiklashini ko‘pchilik kutmagani, boshqa sohalardagi o‘zgarishlarga ham umid bog‘lanayotganini ta’kidladi. 

Jurnalist Shavkat Mirziyoyevni Xitoyning sobiq raisi Den Syaopinga taqqoslaydi. U mamlakat iqtisodiy tizimida ulkan islohotlarni amalga oshirgan, shu tufayli Xitoy iqtisodiy jihatdan qudratli davlatga aylangandi. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
Markaziy bank raisining kripto-aktivlar bo‘yicha ma’lumoti rad etildi