31-avgust kuni Xitoy va O‘zbekiston milliy terma jamoalari JCh—2018 saralashidan joy olgan uchrashuvda maydonga tushadi.
Server Jeparov: Oldindagi har ikki o‘yinda ham g‘olib chiqishimizga ishonyapman
O‘yin oldidan FIFA rasmiy sayti “xitoylik Runi” nomi bilan mamlakatda mashhur bo‘lgan Vang Yongpo bilan suhbatlashdi, deb yozdi “Championat.asia” nashri. Mazkur futbolchi saralash siklida Janubiy Koreyani mag‘lub etishda muhim rol o‘ynagan bo‘lib, kiritilgan yagona golga pas bergandi.Biz O‘zbekiston termasini mag‘lub etish uchun bor kuchimizni ishga solamiz. Maqsad — faqat g‘alaba. O‘yinni yutib o‘z muxlislarimizga quvonch ulashishni istaymiz. O‘zbekiston kuchli raqib, menga bu jamoa yoqadi. Ular yaxshi shakllangan va futbolni ham yaxshi o‘ynaydi.Vangpo avval “Shandong Luneng” klubida faoliyat olib borardi. Keyinroq Italiya termasining yorqin yulduzlaridan biri Fabio Kannavaroning o‘zi uni “Tiyanjin” klubiga chaqirib oldi.Vang Yongpo, Xitoy termasi a’zosi
Kannavoro nazariga tushgan futbolchi, uning ustozi Marchello Lippini ham befarq qoldirmadi. 30 yoshiga qadar termadan chaqiruv olmagan Vangpo, endi ikkinchi bor yig‘inga jalb etilgan. Xitoyliklar undan O‘zbekistonga qarshi o‘yinda ham qandaydir mo‘jiza kutmoqda.
Marchello Lippi murabbiy sifatida juda kuchli shaxs. U bizga ko‘proq hujum qilish hamda oxirigacha o‘ynash kerakligini aytadi. Orqaga yotib olsak, unga yoqmaydi.Oldinlari biz birinchi golni urib olgach, orqada o‘ynardik. Lekin Lippi yana hujumga o‘tish kerakligini uqtirmoqda. To‘g‘ri, bizda imkoniyat kam, lekin oxirigacha kurashamiz. Buni murabbiyimiz ham tinmay ta’kidlayapti.
Vang Yongpo, Xitoy termasi a’zosi
Xitoy — O‘zbekiston uchrashuvi 31-avgust kuni Toshkent vaqti bilan 17:00 da start oladi.
Izoh (0)