Ispaniyada ro‘y bergan teraktning 14 qurboni ichida uch yoshli bola ham bor. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Barselonaning Rambla ko‘chasida miniven olomon ustiga bosib kelgan chog‘da u yerda bo‘lgan uch yoshli bola ham halok bo‘ldi.
Uning bobosi, 65 yoshli Fransisko Lopes Rodriges ham halok bo‘ldi. Uning rafiqasi va qiz jiyani og‘ir jarohatlar oldi.
Oila Barselonaning Rubi munitsipalitetida istiqomat qilar edi.
Izoh (0)