Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Buxoro viloyatining barcha tumanlarida go‘sht 25 ming so‘mdan sotilishi qat’iy belgilangan. Viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev Xalqaro press-klubning Buxorodagi sayyor sessiyasi chog‘ida bu haqda ma’lum qildi, deb xabar beradi Uz24.

Foto: Uz24

Foto: Uz24

Har kuni tumanlardagi “Elga xizmat” shoxobchalarida hokimlik va fermerlar tashabbusi bilan go‘shtni 25 ming so‘mdan sotilishi tashkil qilinmoqda. Bu borada tumanlar hokimlari tomonidan nazorat olib borilmoqda.

“Biz yil oxirigacha go‘shtni ushbu narxda sotilishini ta’minlash maqsadida maxsus jadval asosida fermer xo‘jaliklari bilan kelishib olganmiz. Men va’da beraman, yil oxirigacha viloyatda go‘sht 25 ming so‘mdan oshmagan narxda sotiladi, sun’iy ravishda narxni oshirayotgan xususiy tadbirkorlarga nisbatan tegishli choralar ko‘riladi”, — dedi Barnoyev.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
Juliya Roberts o‘zi ovqat pishiradi, bolalarini maktabga olib boradi, itlari bilan sayr qiladi va “Oskar”dan ko‘ra oddiy hayotni qadrlaydi
Markaziy Osiyo
Turkmaniston bu yil 1 mln tonnadan ortiq paxta yig‘ib olishni rejalashtirmoqda
Mahalliy
Navoiyda o‘zganing 31 bosh qo‘yini o‘g‘irlagan shaxslar qo‘lga olindi