Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Kaskadyor-ayol Kanadada Deadpool 2 filmining suratga olish vaqtida mototsiklda harakat bajarayotib halok bo‘ldi. Bu haqda Vankuver shahri politsiyasining matbuot xizmati ma’lum qildi, deb xabar berdi “TASS”.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

“Politsiya kaskadyor ayol Deadpool filmining suratga olish jarayonida mototsiklda harakat bajarayotib halok bo‘lganini tasdiqladi. Hozirda politsiya voqea joyida”, — deya shahar huquq-tartibot organi o‘zining Twitter’dagi sahifasi yozgan.

TMZ yangiliklar portalining guvohlarga tayanib ma’lum qilishicha, mototsikldagi kaskadyor 41 qavatli (149 metr) Shaw Tower binosining birinchi qavatidagi vitrinaga borib urilgan.

Filmning birinchi qismi 2016-yilda chiqqan bo‘lib, dunyo bo‘ylab 783 million dollar yig‘gan. Uning navbatdagi qismining premyerasi 2018-yilning may oyiga mo‘ljallangan edi.

Deadpool rejissori Tim Miller hamda bosh rol ijrosichi Rayan Reynolds joriy yilda “Oltin globus” kino mukofotining “Eng yaxshi film” va “Eng yaxshi erkak roli”, shuningdek, AQSh rejissorlar gildiyasi va ssenariynavislar gildiyasi mukofotlariga nomzodlik qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukus voqealari bo‘yicha uch nafar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi qamoqqa olindi 
Dunyo
G7 davlatlari Xitoy, Shimoliy Koreya va Eronga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda — Bloomberg
Mahalliy
Oʻzbekistonning yanvar oyidagi budjet daromadi ochiqlandi