Gavayining Gonolulu shahrida ko‘chada ketayotgan paytda gadjetlar orqali matnli xabarlar yozish taqiqlandi. Bu haqda, The Independent nashriga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Gonolulu AQShning bunday tartibni mustahkamlovchi qonunni ratifikatsiya qiladigan birinchi yirik shahri bo‘ladi.
Taqiq ko‘chalarda xabar yozish bilan ovora bo‘lib, mashinalar harakatiga e’tibor bermaydigan piyodalarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida joriy etilmoqda.
Izoh (0)