Malika Dianaga bag‘ishlangan yangi hujjatli filmda malika o‘z oilaviy muammolarini muhokama qilgani aks etgan videokadrlar namoyish etiladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Malika Diananing nutq texnikasi murabbiyi Piter Settelen bilan Kensington saroyidagi suhbati 1990-yillar boshida bo‘lib o‘tgan edi. Unda Diana qirollik oilasi bilan chigal munosabatlari va muvaffaqiyatsiz nikohi haqida gapirib bergan edi.
Shuningdek, Diana bir insonni kuchli sevishini aytgan. Taxminlarga ko‘ra, bu uning tan soqchisi Barri Mannaki edi.
Izoh (0)