Barcha milliorderlar ham zamonaviy avtomobil yoki qimmatbaho san’at asarlarini yig‘ishga qiziqavermaydi. Insider Pro shu kabi milliarderlar haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.
Stiv Koenning to‘rt metrli akulasi
2004-yilda Stiv formaldegidga konservalangan akula uchun 8—12 million dollar sarflagan.Ilon Maskning suvosti josuslik kemasi
2013-yilda Tesla rahbari Ilon Mask 1977-yilda ishlangan Jeyms Bond haqidagi “Meni sevgan josus” filmida foydalanilgan suvosti kemasini sotib oldi. Ushbu o‘yinchoq unga 866 ming dollarga tushdi.Pol Allenning kemasi
126 metrli Octopus kemasi Microsoft asoschilaridan biri Pol Allenga tegishli.Bill Geyts tomonidan sotib olingan Leonardo da Vinchi qo‘lyozmasi
Geyts 1994-yilda Leonardo da Vinchiga tegishli bo‘lgan ushbu qo‘lyozmani 30,8 million dollar sotib olgan.Richard Brensonning suv osti kemasi
Virgin Group asoschisi 0,3 kvadrat kilometr maydonga ega Neker oroliga egalik qiladi. Unga tashrif buyurgan mehmonlar Necker Nymph suvosti kemasida dengiz ajoyibotlarini tomosha qilishlari mumkin.Larri Ellisonning Gavayadagi oroli
2012-yilda milliarder deyarli 300 million dollar sarflab Lanay orolining 98 foiz aksiyasini sotib olgan. Bu yerda u barqaror ekotizimni yaratish niyatida.Mark Kubanning samolyotlari
Kubanga Gulfstream V, Boeing 757 hamda Boeing 767 samolotlari tegishli. U 1999-yilda Gulfstream samolyotini onlayn savdo orqali sotib olib Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan. Bunga qadar hech kim 40 million dollardan ortiq mablag‘ga onlayn savdoni amalga oshirmagan edi.Erik Shmidtning kemasi
Google boshqaruv kengashining raisi Erik Shmidtga tegishli 60 metrli Oasis kemasini bir haftaga 400 ming dollar evaziga ijaraga olish mumkin.
Izoh (0)