Maymunlar miya faoliyati odam qiyofalariga aylantirildi
AQShdagi Kaliforniya texnologiya instituti olimlari neyronlar faolligini o‘lchash yo‘li bilan maymunlar miyasidagi axborotni qo‘lga kiritdi. Tadqiqotchilar maqolasi Cell jurnalida chop etildi.
Tomografiya yordamida olingan ma’lumotlarga ko‘ra, tadqiqotchilar maymunlar avvalroq ko‘rgan kishilar yuzini aniq tiklashga erishdi.
Neyrobiologlar tajribaning birinchi bosqichida ikki maymunga 16 ta yuz tasviri va 80 ta boshqa obyektni namoyish etdi. Magnit-rezonans tomografiyasi yordamida tadqiqotchilar inferotemporal (IT) sohasidagi aynan qaysi neyronlar portretlarni tanib olish uchun javob berishini aniqladi. Olimlat IT sohasining uchta hududidagi hujayralar guruhini aniqladi va ularni ML (middle lateral), MF (middle fundus) va AM (anterior medial) deb nomladi.
Shundan so‘ng neyrobiologlar alohida tuzilishlarni qayta ishlashda ishtirok etuvchi asab hujayralarini aniqladi. Ular ML, MF va AM bir-biri bilan o‘zaro hamkorlikda ish olib borishini aniqladi. AM yuzni qayta ishlash jarayonini yakunlashi aniqlandi.
Tadqiqotning oxirgi bosqichida neyrobiologlar maymunlarga ikki mingta portretni ko‘rsatib, ular miyasining uchta sohasidagi neyronlar faolligiga qarab, yuz ifodalarini tikladi. Qayta tiklangan qiyofalar ko‘rsatilgan tasvirlarga deyarli to‘liq mos tushdi.