Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2017-yilning kuzidan boshlab AQShning Garvard universitetida “Haqiqiy ‘Taxtlar o‘yini: zamonaviy miflardan o‘rta asrlar modellarigacha’ ” nomli kurs o‘qitiladi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.

Foto: “Vesti.ru”

Foto: “Vesti.ru”

“Folklor va mifologiya” bo‘limiga qo‘shiluvchi kurs davomida talabalarga Jorj Martin tomonidan yozilgan “Muz va olov qo‘shig‘i” kitoblar seriyasi va ular asosida suratga olingan teleserial Yevroosiyoning 400-dan 1500-yillarini o‘z ichiga oluvchi davr tarixi bilan qanchalik mos tushishi haqida hikoya qilinadi.

Kurs talabalarga ta’lim olishning birinchi yilida taklif qilinadi hamda ularni o‘rta asrlar va ijtimoiy fanlarni yanada chuqurroq o‘rganishga undashga qaratilgan.

“Taxtlar o‘yini” seriali HBO kanali tomonidan 2011-yildan buyon namoyish etilmoqda. Navbatdagi, yettinchi mavsumi 2017-yilning 16-iyulida boshlanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ikki davlatga ID karta orqali o‘tishi mumkin bo‘ladi
Mahalliy
Hokimiyat xodimlarini ovqatlantirishga 1,3 milliard so‘m, talabalar uchun Dubayga sayohat, “tushunmasdan” lotni yutib qo‘ygan tadbirkor — 27-yanvardagi qiziqarli t...
Dunyo
Sayfullo Soipov 2017-yil Nyu-Yorkda yuz bergan teraktda aybdor deb topildi. U o‘limga hukm qilinishi mumkin