Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Ovga o‘q-yoy bilan otlangan Kanada fuqarosi darg‘azab ayiq qurboniga aylanishiga oz qoldi. Yuz bergan hodisani u kameraga tushirishga ulgurdi, deya xabar beradi “Vesti.ru”.

Foto: YouTube

Foto: YouTube

Ontarioda yashovchi Richard Uesli internetga joylagan videoda baribal qora ayig‘i dastlab ovchini payqamay, bir necha o‘n metr narida yurganini ko‘rish mumkin.

Yirtqich yaqinlasha boshlaganida Uesli avvaliga baland ovoz bilan uni cho‘chitmoqchi bo‘ldi. Biroq ayiq to‘g‘ri erkak tomonga qarab yugurdi va unga tashlandi. Uesli oxirgi lahzada jonivorga o‘q uzishga urindi, biroq buni eplolmadi.

Kanadalikning baxtiga, qisqa olishuvdan so‘ng ayiqning unga bo‘lgan qiziqishi yo‘qoldi va ortiga qaytdi. Natijada erkakning faqat tirsagi lat yedi, xolos.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Gonsalo Iguain futbolchilik faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi
Mahalliy
Chirchiqdagi korxonada yuz bergan portlashda hech kimga zarar yetmagan — “O‘zkimyosanoat”
Dunyo
Qozog‘iston: KXSHT Ukrainaga qarshi urushda qatnashmaydi