O‘zbekiston mudofaa vazirligi MDH davlatlari harbiy-o‘quv muassasalari terma jamoalari o‘rtasidagi “Quvnoqlar va zukkolar” klubi festivali finalida ishtirok etadi. Final 23-may kuni Rossiya armiyasi markaziy akademik teatrida bo‘lib o‘tadi, deb xabar beradi “Jahon” agentligi.
Har yili o‘tkaziladigan tanlov harbiy ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan yoshlarning ijodiy salohiyatini oshirishga qaratilgan.
2017-yili o‘yinlar ikki bosqichda o‘tmoqda: saralash bahslari va sakkiz jamoa ishtirokidagi final sinovi. Joriy yilgi yarim finallarda rekord miqdordagi — 32 ta jamoa ishtirok etdi.
Izoh (0)