Rossiyaning Chelyabinsk shahrida G‘alaba kuni sharafiga uyushtirilgan bayram salyutlaridan biri odamlar to‘dasiga qarab uchdi, deb yozadi “MK.ru”.
Guvohlar snaryad pastga qulab, yerda o‘t olganligini tasvirga olgan. Hodisa oqibatida ikki kishi kuyish jarohatini olgan. Bir erkakning oyog‘i, uning hamrohi bo‘lgan ayolning qorni jarohatlangan.
Shuningdek, shu atrofda to‘xtatib qoldirilgan mashinalarga salyut parchalari tekkan. Taxminlardan biriga ko‘ra, mushak kishilar to‘dasidan uchirilgan.
Izoh (0)