Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Indoneziya poytaxti gubernatori Basuk Chaxay Purnama 2 yil qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: AP

Foto: AP

Jakarta sudi hukmi ayblov tomoni so‘raganidan ham keskinroq bo‘ldi — prokuror gubernator uchun bir yillik qamoq jazosi so‘ragandi.

Basuk Chaxay Purnama dindorlar nafsoniyatiga tegishda ayblandi. O‘tgan yil sentabrida kelib chiqishi xitoylik bo‘lgan va nasroniy diniga mansub gubernator musulmonlar uchun haqoratli bo‘lgan fikrlarni bildirgan video tarqalgandi.

Keyinchalik u aytgan so‘zlari uchun uzr so‘radi, biroq politsiya surishtiruvni boshlab yuborgandi.

Jakartada yuz minglab kishi to‘plangan bir necha mitinglar bo‘lib o‘tdi. Uning ishtirokchilari gubernator zudlik bilan iste’foga chiqarilishi va tekshiruv o‘tkazilishini talab qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“O‘zsanoatqurilishbank” kapitaliga 125 million dollar, “Asakabank”ka 100 million dollar jalb etiladi
Mahalliy
Ommaviy savdolar orqali to‘liqligicha sotiladigan korxonalar ro‘yxati tasdiqlandi
Dunyo
Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili O‘zbekistonga kelmoqchi