Nyu-Yorkda AQShning 44-prezidenti Barak Obama bir necha yillar davomida ijarada yashagan uy sotuvga qo‘yildi, deb xabar berdi Forum Daily.
The Telegraph’ning ma’lum qilishicha, uy uchun 4,3 million dollar so‘ralmoqda.Xonadon Bruklindagi Park-Sloup hududida joylashgan.
Barak Obama ushbu xonadonda 1980-yillarning o‘rtalarida, Kolumbiya universitetini tamomlaganidan so‘ng istiqomat qilgan. 1985-yilda AQShning bo‘lajak prezidenti Chikagoga ko‘chib o‘tgach, ushbu xonadon qo‘shni xonadon bilan qo‘shib yuborilgan va 358,6 kvadrat metr maydonli to‘laqonli uy hosil qilingan.
Bino 1903-yilda qurilgan, uyda 5 ta yotoqxona va kamin joylashgan mehmonxona mavjud.
Izoh (0)