Liviya harbiylari mamlakat sharqidagi Bengazi shahri portini “al-Qoida” jangarilaridan ozod qildi. Bu haqda, Sky News Arabia’ga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Bengazidagi kontrterror operatsiyasi marshal Xalifa Haftar boshchiligidagi Liviya milliy armiyasi tomonidan o‘tkazilgan. Xalifa Haftar ayni paytda rasmiy Tripoli bilan ixtilofda. May oyida tomonlar BAAda muzokaralar o‘tkazdi.
Ma’lum bo‘lishicha, portdan tashqari, Haftar kuchlari Bengazi shimolidagi bir qancha obyektlar ustidan ham nazoratni o‘rnatgan.
Izoh (0)