Donald Tramp AQSh prezidenti lavozimini egallagandan so‘ng Nyu-Yorkka ilk tashrifini amalga oshirmoqda. Bu haqda Associated Press agentligi xabar bermoqda, deb yozadi “Interfaks”.
Agentlikning ta’kidlashicha, AQSh prezidenti Nyu-Yorkda Avstraliya bosh vaziri bilan uchrashuv o‘tkazishi va Ikkinchi jahon urushidagi jangga bag‘ishlangan nutq bilan chiqish qilishi rejalashtirilgan.
Tramp inauguratsiyadan bir kun avval, 19-yanvar kuni Nyu-Yorkdan Vashingtonga ko‘chib o‘tgan edi.