Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Britaniya OAVlari bir necha marta Yelizaveta II vafot etganligi haqida xabarlar tarqatdi. Biroq qirolicha uning o‘limi haqidagi xabarlar yolg‘on ekanligini qayta-qayta isbotladi. Uning uzoq umr ko‘rish siri ovqatlanish rejimi va menyusiga ham bog‘liq ekanligi shubhasiz, deb yozadi “Vesti.ru”.

Foto: EPA

Foto: EPA

Metro nashrining ma’lum qilishicha, qirolicha menyusi haftasiga ikki marta almashtiriladi va bu uchun uning shaxsiy bosh oshpazi Mark Flenagan javob beradi.

Britaniya qirolichasi odatda yormalar va zarang sharbatli yogurt bilan nonushta qiladi. Ba’zan esa u kunni tost va marmelad bilan boshlaydi. Taom bilan birgalikda Oliy hazratlariga shakarsiz sutli choy tortiladi.

Qirolicha yolg‘iz tushlik qilishni xush ko‘radi. Yelizaveta II ning sobiq bosh oshpazi Darren Makgreydining so‘zlariga qaraganda, u tarkibida kraxmal bo‘lgan mahsulotlar makaron, kartoshka va guruchni hech qachon iste’mol qilmaydi.

Tuxum qirolicha menyusidagi eng asosiy mahsulotlardan biridir. U, shuningdek, non iste’mol qilmaslikka intiladi va bodring va dudlangan lososdan tayyorlangan salatni xush ko‘radi. Yelizaveta II desertga odatda biskvitli pirojnoye yoki unga bolaligini eslatuvchi bir nechta yog‘ va jem surilgan kichik buterbrodlar iste’mol qiladi.

Qirolicha kechki ovqatga mol go‘shti, losos, tustovuq yoki bug‘u lahm go‘shtini buyurtma qiladi. Yelizaveta II ba’zan uxlash oldidan biroz alkogol ichadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Amerikalik milliarderning terrorchiga aylangan nabirasi, Atlantikada to‘qnashib ketgan ikki suv osti kemasi va AQSHning birinchi prezidentiga aylangan Vashington.
Dunyo
Fransiyada poyezdda ketayotgan yigit o‘zini portlatib yuborish bilan tahdid qildi
Sport
“Barselona” MLS vakilini ro‘yxatdan o‘tkazishda 18 soniya kech qolgan