Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh Davlat departamenti amerikaliklarni Yevropada yozgi mavsumdagi teraktlar xavfi haqida ogohlantirdi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

Foto: EPA

Foto: EPA

“Davlat departamenti AQSh fuqarolarini butun Yevropa bo‘ylab terrorchilik hujumlari xavfi saqlanib qolayotgani haqida ogohlantiradi. Bu ogohlantiruv 2017-yil 1-sentabrgacha amalda bo‘ladi”, — deyiladi departament saytidagi xabarda.

Departament amerikaliklarni jamoat va sayyohlik joylari, savdo markazlari, mehmonxonalar, klublar, bog‘lar, aeroportlar, restoranlar va ibodatxonalarda ayniqsa hushyor bo‘lishga chaqirdi. Mazkur ob’ektlar ehtimoliy hujumlar uchun birinchi galdagi nishonlar ekanligi bildirildi.

“Fransiya, Rossiya, Shvetsiya, Buyuk Britaniyadagi hodisalar IShID, ‘Al-Qoida’ va ular bilan bog‘liq guruhlar Yevropada teraktlar rejalashtirish hamda amalga oshirish imkoniyatiga ega ekanligini namoyish etdi”, — deya ogohlantirdi departament.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Saudiyalik tadbirkor O‘zbekistonda avtomashina ehtiyot qismlari ishlab chiqarishga sarmoya kiritadi 
Mahalliy
1000 dollar oylik olayotgan oʻqituvchilar, 1 mln nafardan oshgan talabalar, yangi qurilgan 27 ta TTJ — oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Komiljon Karimov bilan ekskly...
Mahalliy
Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi