Toshkent shahrida 2017-yil 1-may, dushanba kuni erta tongdan belgilangan hududlarning barchasida favvoralar sayillari boshlandi. O‘tgan asrning eng mashhur ohanglari, bugungi kunning ommabop taronalar sadosi ostida turli tashkilotlar hamda badiiy jamoalarning ko‘rgazmasi o‘tkazildi. Kino va teatr aktyorlari, tomosha guruhlarining chiqishlari, kitob savdolari tashkil etilib, bolalar uchun turli attraksionlar o‘rnatildi.
Sayilga tayyorgarlik jarayonida favvoralar tizimi takomillashtirilib, bir nechtasiga zamonaviy texnologiyalar o‘rnatilgan, musiqali favvora chiroqlari serjilo chiroqlarga almashtirilgan.
“Daryo” muxbiri Mustaqillik maydoni, Ma’rifat markazi va Simpoziumlar saroyi kirish qismidagi hamda Bobur ko‘chasidagi Yengilsanoat uyushmasi oldidagi favvora sayillarida bo‘lib, maxsus fotojamlanma tayyorladi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)