Har yili 1-may kuni Toshkent va Samarqand shahrida “Favvoralar sayli” kuni keng nishonlanadi. UZ24 Toshkent shahrida o‘tkaziladigan “Favvoralar sayli” manzillarining reja-jadvalini e’lon qildi.

1-sahna – Ma’rifat markazi va Simpoziumlar saroyi kirish qismidagi favvora;

2-sahna – Sayilgoh maydoni ichki qismidagi favvora;

3-sahna – “Bolajon” istirohat bog‘i favvorasi;

4-sahna – International Tashkent (sobiq “Interkontinental”) mehmonxonasi kirish qismidagi favvora;

5-sahna – Xadra maydonida yangi qurilgan favvora hamda Sirk binosiga kirish qismidagi favvora;

6-sahna – “Mirzo Ulug‘bek” istirohat bog‘i kirish qismidagi favvora;

7-sahna – Bobur ko‘chasidagi Yengilsanoat uyushmasi old kirish qismidagi favvora;

8-sahna – “Istiqlol” san’at saroyi old maydonidagi favvora;

9-sahna – Alisher Navoiy teatri kirish qismidagi favvora;

10-sahna – Mustaqillik maydoni, “Motamsaro ona” haykali orqa qismidagi favvora;

11-sahna – “Lokomotiv” madaniyat va istirohat bog‘i;

12-sahna – Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hududi;

13-sahna – Toshkent irrigatsiya va meloratsiya instituti hududi;

14-sahna – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti favvorasi;

Ma’lumot uchun, tadbirlarda kino va teatr aktyorlari, estrada xonandalari hamda tomosha guruhlari ishtirok etadi. Shuningdek, tadbirlar bo‘lib o‘tadigan joylarda kitob savdolari tashkil etilib, bolalar uchun turli attraksionlar o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!