Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichining 5-turidan keyin O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov to‘p suradigan “Shanxay SIPG” muddatidan avval nimchorak final masalasini hal qildi.

Foto: OFK

Foto: OFK

Seuldagi o‘yinni minimal hisobda o‘z foydasiga hal qilgan Villash-Boash jamoasi, bu safar o‘z maydonida 4:2 hisobida g‘olib chiqdi. Chempionlar liganing qolgan o‘yinlarida bo‘lgani kabi, bu safar ham Ahmedov to‘liq o‘ynadi va Xalkning goliga pas berdi.

Parallel o‘yinda Yaponiya yetakchilaridan yirik g‘alabaga erishdi. Shu boisdan kunchiqar yurt klubi to‘plar nisbatiga ko‘ra guruh yetakchisi bo‘lib turibdi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonning ikki klubida navbatdagi bosqich yo‘lida muammo bor. “Bunyodkor” taqdirga tan berib bo‘lgan, “Lokomotiv” esa so‘nggi turda BAAdan g‘alaba bilan qaytishi shart.

Osiyo Chempionlar ligasi “F” guruhi. 5-tur 26-aprel, chorshanba

“Shanxay SIPG” (Xitoy) — “Seul” (J. Koreya) 4:2

Gollar: Mourinyo, 10 (0:1). Xalk, 25 (1:1). Dzeng Vey, 30 (2:1). Vu Ley, 43 (3:1). Pak Chu Yon, 70 (3:2). Oskar, 74 (4:2).

“Urava Red” (Yaponiya) — “Vestern Sidney” (Avstraliya) 6:1)

Gollar: Sekine, 14 (1:0). Lyubiyankich, 18 (2:0). Li, 43 (3:0). Kusukami, 66 (3:1). Rafael Silva, 71 (4:1). Rafael Silva, 79 (5:1). Koroki, 90+4 (6:1).

Foto: OFK

Foto: OFK

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda 2 kishi ovqatdan zaharlanib vafot etdi
Mahalliy
Toshkentda avtobusning yurgan masofasiga qarab to‘lov qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi
Mahalliy
Aholining valyuta ayirboshlashga yoʻnaltirgan pul mablagʻlari hajmi 68 foizga oʻsdi — Markaziy bank