Fransiya prezidenti Fransua Olland mamlakat vazirlar mahkamasi a’zolariga murojaat qilib, prezidentlikka nomzod Marin Le Penning saylovda mag‘lub bo‘lishini ta’minlashga chaqirdi. Bu haqda hukumat spikeri Stefan Le Foll ma’lum qildi, deb xabar beradi “RBK”.
Le Follning so‘zlariga qaraganda, Olland vazirlarni “Olg‘a!” harakati yetakchisi Emmanyuel Makronga ovoz berishga undagan.
Mansabni tark etayotgan prezident hukumatdan mazkur yo‘nalishga bor kuch-quvvatini sarflashni so‘ragan.
Makron va Le Pen prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichiga chiqdi. Ikkinchi tur 7-may kuni bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)