Venesuelada 20-aprel, payshanba kungi norozilik namoyishlari davomida 223 kishi jabrlandi. Bu haqda El Nacional nashri xabar bermoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Venesuela Milliy majlisi deputati Marialbert Barrios 19- va 20-aprel kungi norozilik aksiyalari davomida 585 kishi qo‘lga olinganligini ma’lum qildi.
Avvalroq Venesueladagi namoyishlar chog‘ida bir nafar harbiy o‘ldirilganligi ma’lum bo‘lgan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)