Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

IBC24 telekanalining 28 yoshli muxbiri Suprit Kaur jonli efirda turmush o‘rtog‘i halok bo‘lgan avtohalokat haqida ma’lum qildi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.

Foto: “360tv.ru”

Foto: “360tv.ru”

Muxbir ayol avtohalokat oqibatida uch kishi halok bo‘lgani va ikki kishi jarohat olganini aytayotgan vaqtida gap turmush o‘rtog‘i haqida ketayotganini bilmagan.

Keyinroq telekanalning boshqa bir muxbiri efirga bog‘lanib, halokat Renault Duster avtomobili bilan Chattisgarx shtatining Maxasamund tumanida sodir bo‘lganini aytganida, Kaur fojia shunday avtomobilda yuruvchi turmush o‘rtog‘i bilan sodir bo‘lganligini taxmin qilgan.

Efirdan so‘ng Kaur muxbirga qo‘ng‘iroq qilib, jarohat olganlarning kimligini aniqladi: shu vaqt u halok bo‘lgan uch kishidan biri turmush o‘rtog‘i ekanligini eshitib, o‘zini yo‘qotib qo‘ydi.

Kaur va Xarsad Kavade bundan bir yil oldin turmush qurgan edi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Shimoliy Koreya harbiylari Janubiy Koreya va AQSH mashg‘ulotlariga javoban o‘t ochgan
Mahalliy
“Aeroflot” Toshkent va Samarqandga muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
Sport
JCH—2022 da chorak finalning uchta juftligi ma’lum bo‘ldi