Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahrining Olmazor tumanida 5-aprel, chorshanba kuni oqshomda o‘lim bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” nashri xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, shahar atrofida harakatlanuvchi 472-yo‘nalishdagi Isuzu avtobusi 26 yoshli erkakni urib yuborgan. Kuchli zarb natijasida piyoda qarama-qarshi qatnov qismiga uchib ketib, Matiz avtomashinasi g‘ildiraklari ostida qolgan.

Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 26 yoshli piyoda olingan jarohatlar natijasida shahar kasalxonalaridan birida vafot etgan. Hozirgi vaqtda hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Maslahatlar
Qishda kasal bo‘lmaslikning sinalgan 5 ta usuli
Mahalliy
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” boshqaruvi raisi va yana 3 mas’ulga hayfsan berildi
Dunyo
“Rossiya bahorda yangi hujum boshlash uchun Ukrainadagi urushni muzlatmoqchi” — Stoltenberg