Toshkent shahar Yunusobod tumanida noma’lum shaxs kasb-hunar kollejida o‘qiydigan, 1999-yilda tug‘ilgan qizni kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib, uning Samsung mobil telefonini tortib oldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati xabar berdi.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi, 1997-yilda tug‘ilgan shaxs sodir etganligi aniqlanib, u ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)