Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasining 2-turidan joy olgan uch bellashuv 8-mart — chorshanba kuni bo‘lib o‘tgandi. Bugun — 9-mart kuni yana ikki bellashuv o‘z yakuniga yetdi.
“Olmaliq” maydoniga safar uyushtirgan mamlakat vitse-chempioni “Bunyodkor” 90 daqiqa davomida raqib darvozasiga yo‘l topa olmadi — 0:0. Olmaliqliklar ilk turda Buxoroda 0:1 hisobida yengilgan bo‘lsa, “qaldirg‘ochlar” o‘z maydonida “So‘g‘diyona”dan shu hisobda ustun kelgandi.
Qarshining “Nasaf” klubi esa ketma-ket ikkinchi bor 2:1 hisobida zafar quchdi. Mavsumni Qo‘qondagi g‘alaba bilan boshlagan Ro‘ziqul Berdiyev jamoasi, bu safar “Buxoro”ni taslim qildi.
Bellashuvda “Nasaf”ga g‘alaba keltirgan gol legioner Dragan Cheran tomonidan kiritildi. U Qo‘qonda ham o‘z nomiga gol yozib qo‘ygandi. Shuningdek, “Nasaf”ning Bahrayn chempioniga qarshi o‘yinida ham gol urishga erishgandi.
O‘zbekiston Oliy ligasi 2-tur 9-mart, payshanba
Izoh (0)