CNN telekanali rahbari Jeff Suker AQSh prezidenti Donald Tramp tanqid qilishiga qaramay, CNN telekanalini butun vujudi bilan tomosha qilishini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“U CNN’ni ko‘rib bo‘lmaydigan kanal deb ta’kidlaydi, lekin buni u kanalni butun vujudi bilan ko‘rgani uchun biladi. U CNN ko‘rishga kunduzi-yu kechalari vaqt sarflashini bilamiz”, — dedi Jeff Suker.
CNN rahbarining so‘zlariga ko‘ra, prezidentning telekanalga yo‘naltirilgan tanqidi Trampning saylovchilari uchun tuzoq sanaladi.
Avvalroq 1-mart kuni AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens CNN’dan tashqari barcha telekanallarga intervyu bergan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)