Davlat raqobat qo‘mitasi raisi Davron Hidoyatov Toshkent byurosi rahbari Rafael Jozan boshchiligidagi Fransiya taraqqiyot agentligi (AFD) vakillari bilan uchrashdi. Bu haqda “Daryo”ga qo‘mita axborot xizmati ma’lum qildi.
Uchrashuvda O‘zbekistonda agrar sohada islohotlar o‘tkazish, qishloq xo‘jaligi diversifikatsiyasi strategiyasini ishlab chiqish, raqobatbardoshlikni rivojlantirish masalalari muhokama etildi.Fransiyaning qishloq xo‘jaligidagi boy tajribasi, mamlakat tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar jahon bozorida yuqori baholanishini inobatga olib, mazkur yo‘nalishdagi hamkorlikni kengaytirishga e’tibor qaratildi.
Tomonlar agrologistik markazlar tashkil etishga qiziqish bildirgan o‘zbekistonlik fermerlar uchun Fransiyadagi ulgurji-tarqatish markazlariga tanishuv safarlarini tashkil etish borasida kelishuvga erishdi.
Izoh (0)