Sotheby’s kimoshdi savdo uyi 1-mart, chorshanba kuni kechki savdolarda rekord darajada daromad qildi. Sotheby’s matbuot-xizmatining ma’lum qilishicha, impressionizm va modernizm uslubidagi san’at asarlari sotuvidan 194,7 million funt sterling yoki 240,8 million dollar foyda ko‘rdi, deb yozadi “TASS”.
“Bu Londonda o‘tkazilgan kimoshdi savdolaridagi eng yuqori summa”, — deyiladi Sotheby’s xabarida.
Kimoshdi savdo uyi, shuningdek, savdolardagi beshta lot o‘n million funt sterlingdan (12,3 million dollar) yuqori narxda sotilganligiga e’tibor qaratdi. Ulardan eng qimmati avstriyalik rassom Gustav Klimtning Bauerngarten (“Qishloq bog‘i”) polotnosi bo‘ldi. U deyarli 49 million funt sterling yoki 59,3 million dollarga sotildi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)