Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘ining buyrug‘i bilan shahar yo‘lovchilar transportida (taksidan tashqari) ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi yagona guvohnomalarni berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.

Foto: Norma

Foto: Norma

Belgilanishicha, shahar yo‘lovchilar transportida (taksidan tashqari) ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi guvohnoma shahar yo‘lovchi transportini boshqarish organi tomonidan zarur hujjatlar taqdim etilgandan keyin bir ish kuni ichida beriladi.

Shuningdek, hujjat shahar yo‘lovchi transportini boshqarish organi, Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi va Mudofaa vazirligining hududiy organi tomonidan shahar yo‘lovchilar transportida bepul yurish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar ro‘yxati bo‘yicha o‘zaro ma’lumotlar taqdim etish shakli bilan to‘ldirildi.

Hujjat davlat tilida qabul qilingan va 2017-yil 20-fevralda kuchga kirdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Chorvoq suv ombori qirg‘oqlaridan odam suyaklari topildi
Markaziy Osiyo
Turkmaniston—O‘zbekiston chegarasidagi gidroinshoot 2040-yilga borib loyqalanishi mumkin
Dunyo
Rossiya TIV Armanistonni Rim statutiga qo‘shilishini qoralab, “o‘ta salbiy” oqibatlardan ogohlantirdi