Chempionlar ligasidagi ishtirokini Saudiyada boshlaydigan “Lokomotiv” Movenpick mehmonxonasiga joylashdi (foto)
Bugun — 20-fevral kuni Toshkentning “Lokomotiv” klubi Osiyo Chempionlar ligasining guruh bosqichida start oladi.
Musobaqaning 2017-yilgi mavsumida O‘zbekiston chempioni sifatida ishtirok etadigan “temiryo‘lchilar” Movenpick mehmonxonasiga joylashgan. Saudiya Arabistonining Burayda shahrida joylashgan otel safar davomida “Lokomotiv” futbolchilarining boshpanasi hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, “Lokomotiv”ga raqiblik qilayotgan “At-Taavon” klubi Chempionlar ligasida birinchi bor ishtirok etmoqda. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 20:40 da start oladi.
Avvalroq “Lokomotiv” safarga charter reys bilan yetib kelgani ma’lum qilingandi.