Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Taniqli bloger Sharlotta Cho Koreya go‘zallik sanoati taraqqiyotining eng istiqbolli yo‘nalishlari bilan bo‘lishdi.

Foto: “Iledebeaute.ru”

Foto: “Iledebeaute.ru”

Gilli niqoblar

Haqiqiy niqob singari yuzda qotib turadigan gilli niqobning yangi tarkibi ishlab chiqildi. Yangi tarkibli gil bilan shimdirilgan yupqa varaqlar yordamida yuz terisi 20-30 daqiqa davomida tozalanadi va oziqlantiriladi.

Mahalliy o‘simliklar ekstraktlari

Bugungi kunda yudzu deb nomlanuvchi mahalliy sitrusli va yapon limoni kabi o‘simliklar kosmetik vositalar tarkibining asosiy qismi bo‘lib hisoblanadi. Yudzu sepkil va pigment dog‘larini oqartirishga, terini tetiklashtirishga yordam beradi.

Yangi teksturalar

Zich va quyuqlik o‘rniga suyuqroq va yengil tuzilishga o‘tilmoqda. Dermatologlar fikricha bunday tuzilishdagi vositalar ta’siri tez va samarali bo‘ladi.

Otdushkalarning yo‘qligi

Samaradorlikni oshirish va allergik ta’sir xavfini kamaytirish maqsadida bu yil ishlab chiqarilayotgan kosmetik vositalar tarkibiga aromatik komponentlarni kam miqdorda qo‘shish ko‘zda tutilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Putin oktabr o‘rtalarida Ostonaga tashrif buyurishi mumkin
Dunyo
Qirg‘iziston ta’lim vaziri xorijlik talabalardan pora olayotgan vaqtda ushlandi
Mahalliy
O‘zbekistonda 30-sentabrda qanday ob-havo kutilmoqda?