Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2013-yilda Boston marafoni vaqtida yuz bergan portlashda jabrlangan Rozanna Sdoa uni halokat joyidan qutqarib chiqqan qutqaruvchiga turmushga chiqadi. Bu haqda Fox News nashriga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.

Foto: EPA

Foto: EPA

37 yoshli o‘t o‘chiruvchi Mayk Materia qizni tez yordam mashinasida kasalxonagacha kuzatib bordi. Ikki kun o‘tgach, Mayk qizni ko‘rish uchun bordi va uning onasiga tasavvur qilib bo‘lmas taassurotlarini so‘zlab berdi. Bo‘lib o‘tgan voqea natijasida qiz bir oyog‘idan ayrilgan.

Foto: EPA

Foto: EPA

2013-yil iyunidan boshlab ular yaqin juftlikka aylandi. O‘tgan oyda Mayk Rozannaga turmush qurish taklifini bildirdi. Mart oyida ular “Ideal notanishlar” nomli kitobni taqdim etishni rejalashtirmoqda. Bu kitob marafonda yuz bergan terakt vaqtida to‘qnashgan to‘rt taqdir haqida hikoya qiladi.

2013-yil 15-aprelda Bostondagi marafonda yuz bergan terakt natijasida uch kishi vafot etgan va 280 ga yaqin kishi turli darajadagi tan jarohatlarini olgan edi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Mashina olib berishni vaʼda qilib, 248 kishini 12 mlrd so‘mga chuv tushirgan firibgarlarga hukm o‘qildi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi xonadonda iftorlik qildi (video)
Dunyo
Blinken AQSH fuqarolarini zudlik bilan Rossiyani tark etishga chaqirdi