Aktyor Umid Iskandarov hamda shou-biznes olamidagi eng ko‘zga ko‘ringan pardozchilardan biri bo‘lmish Renata Iskandarovaning oilasiga darz ketgani haqida turli mish-mishlar tarqalgan edi. Aslida, bu gap-so‘zlar bundan roppa-rosa 1 yil oldin, 2016-yilning yanvar oyida boshlangan edi, deb yozadi “Qalampir.uz”.
O‘tgan yilning yanvar oyida mish-mishlarga oydinlik kiritish maqsadida tahririyat xodimlari Umid hamda Renata bilan bog‘langanda, ajrim haqidagi gaplar yolg‘on ekani, ular baxtli hayot kechirayotganliklarini aytgan.
Oradan 1 yil o‘tib, 3-yanvar kuni nashr Umid Iskandarov bilan bog‘langanda aktyor mutlaqo boshqa javobni bergan.
Men bu kabi mish-mishlar barchani qiziqtirishini tushunaman. Ammo mening hayotim va oilaviy masalalarimga hech kim aralashmasligini istardim. Aslida muxlislarni qiziqtirishi mumkin bo‘lgan mavzular juda ko‘p. Men ajrim borasida hech narsani gapirishni istamayman. Buni to‘g‘ri tushunishadi, degan umiddaman.Eslatib o‘tamiz, ajrim haqidagi gaplarning yanada jonlanishiga Umid va Renataning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga joylashtirilayotgan suratlari, izohlari, yaqinlarining ular haqidagi fikrlari sabab bo‘ldi.Umid Iskandarov, aktyor
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)