Jo Seong-jin LG’ning 2017-yil arafasida kompaniya faoliyati sur’atini oshirish uchun lavozimi ko‘tarilgan 58 xodimidan biriga aylandi.
LG Electronics Home Appliance & Air Solution (H&A) kompaniyasi rahbari, shuningdek, uch boshqaruvchi direktordan biri, kompaniyaning barcha muhim qarorlariga mas’ul Jo Seong-jin Bosh ijrochi direktor (CEO) etib tayinlandi. Shu ondan boshlab janob Jo Seong-jin tashkilotning barcha bo‘linmalari, jumladan, H&A, Mobile Communications, Home Entertainment va Vehicle Components ishiga javobgar bo‘ladi, shuningdek, dunyo bo‘ylab 120 dan ortiq mahsulotni nazorat qiladi.
60 yoshli janob Jo Seong-jin 1976-yil Goldstar kompaniyasida ish boshlagan bo‘lib, 1980-yil ilk bor LG avtomatik kir yuvish mashinasi ustida ish olib borgan jamoa a’zosiga aylandi. H&A bo‘linmasi prezidentiga aylanishdan avval, 2015-yili u LG kir yuvish mashinalari boshqarmasiga boshchilik qildi. 2007-yilda janob Jo Janubiy Koreya hukumati tomonidan yangi texnologiyalar va mamlakat sanoatiga qo‘shgan hissasi uchun “Bronza minora” ordeni bilan taqdirlandi. So‘nggi yillarda janob Jo Seong-jin LG’ning Signature Kitchen Suite oshxonasiga o‘rnatilgan, shuningdek, “Buyumlar interneti” (IoT) va “Aqlli uy” sohalarida kompaniyaning kelajakdagi faoliyati uchun asoslarni qurishda ishlatilgan LG Signature brendi kabi yangi premium-klass maishiy texnika ishlab chiqarishga o‘tishida muhim rol o‘ynadi.
LG kompaniyasining direktorlar kengashi, shuningdek, ayni damda Rossiya va MDH mamlakatlarida LG Electronics prezidenti lavozimida ishlab kelayotgan janob Song Daxyunni (58 yosh) Home Appliance & Air Solutions bo‘linmasining prezidenti hamda Bosh ijrochi direktor lavozimiga ko‘tardi. LG Electronics kompaniyasida 33 yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan janob Song Daxyun H&A mahsulotlarining asosiy liniyalari, jumladan, konditsionerlar, muzlatgich va oshxona texnika jihozlarini ishlab chiqarishdagi biznes-jarayonlarda faol ishtirok etib kelgan. 2012-yildan boshlab janob Song Daxyun Rossiya va MDH davlatlarida LG prezidenti sifatida mazkur hududlarda kompaniyaning muvaffaqiyatli tijoriy yuksalishi uchun javobgar bo‘lgan.
Janob Jo Seong-jin hamda janob Song Daxyunning lavozimi oshgani munosabati bilan qolgan besh nafar rahbarlar ijrochi vitse-prezident lavozimiga saylandi, 30 rahbar katta vitse-prezident va 38 xodim yangi vitse-prezidentlarga aylandi. Yangi lavozimlarga tayinlanish va yangi lavozimdagi majburiyatlarni o‘z bo‘yniga olish 2016-yil 1-dekabr kuni kuchga kiradi. Shuningdek, qolgan lavozimlardagi ko‘tarilish aksionerlarning umumiy yig‘ilishidan so‘ng 2017-yil 1-yanvar kuni kuchga kiradi.
LG Electronics, Inc. kompaniyasi haqida
LG Electronics, Inc (KSE: 066570.KS) jahon yetakchisi va iste’molchilar elektronikasi, mobil aloqalar va maishiy texnika bozorida innovatsion texnologiyalar ishlab chiqaruvchi sanaladi. Kompaniyada 77 ming xodim butun dunyo bo‘ylab 125 joyda faoliyat yuritadi. 2015-yilda dunyo miqyosida 48,8 milliard dollar (KRW 56,5) hajmidagi savdo hajmi bilan LG to‘rt bo‘linma — Home Appliance va Air Solutions, Mobile Communications, Home Entertainment va Vehicle Components’dan iborat — u, shuningdek, tekis panelli televizorlar, mobil qurilmalar, konditsionerlar, kir yuvish mashinalari va muzlatgichlar ishlab chiqaruvchi jahon yetakchilaridan biri hisoblanadi. LG Electronics Energystar yil hamkori 2016-hisoblanadi. LG Electronics kompaniyasi haqidagi qo‘shimcha yangiliklar va ma’lumotlar olish uchun uning rasmiy saytiga tashrif buyuring.Reklama huquqi asosida
Izoh (0)