AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp hamda uning oila a’zolari xavfsizligini ta’minlash uchun Nyu-York shahri har kuni 1 million dollar sarflaydi. Bu haqda, The Time nashriga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
“Xarajatlar shahar politsiyasi Trampga hamda uning farzandlari va nabiralariga biriktirilganidan so‘ng paydo bo‘ldi. Ularning bari Nyu-Yorkda yashaydi va maxsus xizmatlar tomonidan himoya qilinishi mumkin”, — deb yozadi nashr shahar politsiyasining razvedka va aksilterror bo‘yicha rahbari Jon Millerga asoslanib.
Ta’kidlanishicha, inauguratsiyadan so‘ng xarajatlar miqdori sezilarli o‘zgarmaydi, negaki Trampning rafiqasi Melaniya hamda ularning o‘n yoshli o‘g‘li Barron hozircha Oq Uyga ko‘chib o‘tmaydi.
Izoh (0)