KXDRda kelajakda Argentina terma jamoasi va “Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messidan mahoratliroq bo‘lgan futbolchilarni tarbiyalash rejalashtirilmoqda. Bu haqda, Goal nashriga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
2013-yili Pxenyanda Xalqaro futbol maktabi ochilgan edi. Mazkur maktabda faoliyat olib borayotgan murabbiylardan biri futbolchilar mahorat bo‘yicha Messini ortda qoldiradigan qilib tarbiyalanayotganini ma’lum qildi.
“O‘quvchilarimizni kelajakda Messidan mahoratliroq bo‘ladigan qilib tarbiyalamoqdamiz. Ayni vaqtda Osiyoda barchadan ustun bo‘lishimiz kerak, deb hisoblayman. Yaqin orada esa butun dunyoda futbol bo‘yicha hukmronlik qilamiz”, – dedi murabbiy.
Futbol bo‘yicha KXDR terma jamoasining eng yuqori natijasi JCh–1966 turnirida chorak finalgacha yetib borgani bo‘lgan. Keyingi marta Shimoliy Koreya JCh–2010 da ishtirok etib, guruhdan chiqa olmagandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.