Hindistonning Kochchi shahrida 10–14-noyabr kunlari kurash bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan polvonlar o‘rtasida sakkizinchi jahon chempionati bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Mazkur turnirda dunyoning 45 mamlakatidan 300 nafardan ortiq o‘g‘il va qiz bolalar qatnashdi.
Elmurod Soatov va Olim Ravshanov murabbiyligi ostidagi O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatida 14 nafar kurashchi bilan ishtirok etib, 9 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
O‘g‘il bolalardan Ruslan Bo‘riyev (-60 kg), Shahram Ahadov (-66 kg), Rahmatullo Nuriddinov (-73 kg), Husniddin Husanov (-100 kg), Bekmurod Oltiboyev (+100 kg), qizlardan Mahliyo Yo‘ldosheva (-52 kg), Muxlisa Abdumalikova (-57 kg), Umida Mirhamidova (-63 kg), Rahima Yo‘ldosheva (-78 kg) barcha raqibalarini mag‘lubiyatga uchratib, jahon chempioni nomiga loyiq deb topildi.
Abdulaziz Hamroyev (-60 kg) hamda Sadam Ahmedov (-73 kg) kumush medalga sazovor bo‘ldi. Arofat Abdurahmonova (-87 kg) esa bronza medali bilan taqdirlandi.
Jami 12 ta medalni qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik kurashchilar umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.
Izoh (0)