Daryo

Abdulla Aripov hukumat tarkibiga qaytdi

Abdulla Aripov bungacha 2002—2012-yillarda bosh vazir o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borgan

1 daqiqa o‘qish237 330 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Gazeta.uz”

Abdulla Aripov O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari, Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalari masalalari kompleksi rahbari lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqdagi farmon, Hukumat portali axborotiga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev tomonidan 13-sentabr kuni imzolangan.

hukumat-1
Foto: “Gazeta.uz”

Abdulla Aripov (1961-yilda tug‘ilgan) bungacha 10 yildan ortiq — 2002-yil may oyidan 2012-yilning avgustiga qadar bosh vazir o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borgan.

“Gazeta.uz”ning qayd etishicha, u axborot tizimlari va telekommunikatsiya masalalari (2009-yil oktabriga qadar — ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy muhofaza, axborot tizimlari va kommunikatsiya masalalari) kompleksiga rahbarlik qilgan.

Shu bilan bir vaqtda, 2005—2009-yillar davomida O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligini boshqargan.

Hukumat tarkibidagi boshqa o‘zgarishlar:

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar