Daryo

Rustam Azimovga ta’lim va fan sohalariga ham rahbarlik qilish yuklatildi

Rustam Azimov rahbarlik qiladigan kompleks mas’ul bo‘lgan sohalar soni oshdi

1 daqiqa o‘qish228 472 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning 13-sentabrdagi farmoni bilan O‘zbekiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, moliya vaziri Rustam Azimov rahbarlik qiladigan kompleks mas’ul bo‘lgan sohalar soni oshdi. Bu haqda O‘zbekiston hukumati portali xabar bermoqda.

Rustam Azimov.Foto: “Anons.uz”

Farmonga ko‘ra, Rustam Azimov O‘zbekiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston moliya vaziri — Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, hududlarni kompleks rivojlantirish, ta’lim va fan masalalari kompleksi rahbari lavozimiga tasdiqlandi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston moliya vaziri — Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari kompleksi rahbari lavozimidan ozod etildi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar