Daryo

O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Adham Ikromov jismoniy tarbiya va sport masalalariga ham mas’ul etib tayinlandi

Bu haqdagi farmon O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev tomonidan 13-sentabr kuni imzolangan

1 daqiqa o‘qish59 590 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Anons.uz”

O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning 13-sentabrdagi farmoniga muvofiq Adham Ikromov O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari, Sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbari lavozimiga tasdiqlandi.

Foto: “Gazeta.uz”

“Shu munosabat bilan Adham Ikromov O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari, Sog‘liqni saqlash, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari kompleksi rahbari lavozimidan ozod etildi”, — deyiladi O‘zbekiston hukumati portali axborotida.

Avvalroq O‘zbekiston bosh vaziri birinchi o‘rinbosari, moliya vaziri Rustam Azimov ta’lim va fan sohalariga ham rahbarlik qilish yuklatilgani haqida xabar berilgan edi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar