Taniqli amerikalik aktyor Maykl Duglasning o‘g‘li Kemeron narkotik savdosi tufayli olgan yetti yillik qamoq muddatini o‘tab, ozodlikka chiqdi. Ayni paytda Gollivud yulduzining farzandi jinoyatchilar reabilitatsiyasiga mo‘ljallangan halfway house ixtisoslashtirilgan muassasasidadir, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Joriy yilda Kemeron Duglas 38 yoshga to‘ladi. U qamoqda o‘tkazgan umri haqida xotira kitobini yozishni rejalashtirmoqda.
Kemeron 2010-yilda hibsga olinib, Kamberlend qamog‘iga joylashtirilgan edi. U geroin va metamfetamin saqlashda hamda sotishda ayblangan edi.
Izoh (0)